TADBIRDA QATNASHDILAR:
Tibbiy pedagogika fakultetining 2-son fakultet va gospital terapiya, nefrologiya va gemodializ kafedrasi mudiri Jabbarov O.O, dos.: Umarova Z.F., Maksudova M.X., Tursunova L.D., katta o‘qituvchilar: Saydaliev R.S, Qodirova Sh.A., Xodjanova Sh.I., assistentlar: Mirzaeva G.P., Nazarova N.O., Jumanazarov S.B., Raxmatov A.M., tibbiy pedagogika fakultetining 4 kurs, 505-guruh talabalari hamda Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Chilonzor bo‘limi inspektori, leytenant Kallibekov Islambek Daribay uli
Mas’ul: Kafedra mudiri Jabbarov O.O, ma’naviyat va ma’rifat ishlariga mas’ul Mirzaeva G.P.
Tadbirni kafedra mudiri Jabbarov O.O. ochib berdi: “Qish isitish muammosi bilan bog‘liq fojialarning tez-tez sodir bo‘lishi sababli, yilning eng tashvishli mavsumi hisoblanadi. Bu davrda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilmasligi oqibatida yong‘inlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning ro‘y berishi ko‘payadi. Albatta buni hech kim inkor eta olmaydi. Kelib chiqishi, sababi va joyidan qa’iy nazar, sodir bo‘lgan yong‘inlar hamma vaqt kishilar uchun doimo og‘ir falokatlardan biri bo‘lib kelgan”.
Tadbirgan taklif qilingan mutaxassis Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Chilonzor bo‘limi inspektori, leytenant Kallibekov Islambek Daribay uli so‘zni davom ettirdi: “Statistik ma’lumotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, respublikamiz hududida har yili 15 mingdan ortiq yong‘inlar odir bo‘lib, shu yong‘inlar oqibatila 900 ga yaqin insonlar tan jarohati olib, 200 dan ortiq odamlar halok bo‘lishi, yong‘inlar tufayli yetkazilgan moddiy zarar miqdori esa bir necha mlrd. Sumdan ziyodni tashkil qilishi qayd qilingan.
Yong‘inlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish yurtimizda joriy yilning 15 noyabridan 15 dekabriga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoqda.Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlari, shuningdek, aholi turar joylarining yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish va bu ishlarda fuqarolarning ishtirokini ta’minlashdan iborat.
Shu kunga qadar yong‘in xavfsizligi qoidalari talablarini targ‘ib qilish hamda bu borada fuqarolarning bilim ko‘nikmalarini oshirish maqsadida qator uchrashuv va yig‘ilishlar o‘tkazildi.
Aholiga isitish pechlari va gaz moslamalaridan foydalanish qoidalari, gaz va
havo aralashmasining chaqnashi, fuqarolarni is gazidan zaharlanishi va boshqa noxush holatlarni oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlarini kuchaytirish maqsadida 445 ta turda ishlab chiqilgan 682 ming 449 tirajda eslatma, yo‘riqnoma va plakatlar tarqatildi.
Bundan tashqari, bugungi kunda yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari sektorlarga biriktirilib, grafik asosida tunu-kunlik navbatchiliklari tashkil etilgan.
Qayd etilishicha, odamlarning harakatlanish yo‘llariga, darvoza va eshiklar oldiga archa o‘rnatish taqiqlanadi. Archa mustahkam qilib o‘rnatilishi, shoxlari devor va shiftlarga tegmasligi hamda isitish moslamalari yonida o‘rnatmaslik lozim.
Qo‘lbola yasalgan girlyandalardan foydalanish qat’iyan man etiladi. Ochiq havoda ishlatiladigan girlyandalar mexanik ta’sirdan hamda namlikdan ishonchli himoya darajasiga ega bo‘lishi uchun girlyandaning himoya darajasi IP65 dan kam bo‘lmasligi, ya’ni, suv sachrashidan himoyalangan bo‘lishi kerak.
Ortiqcha yuklanish va qisqa tutashuvlarning oldini olish maqsadida elektr girlyandalarning iste’mol qilish tok kuchi hisoblangan holda elektr tarmog‘iga himoya saqlagichlari o‘rnatilishi shart.
Yangi yil bayrami tadbirlarini o‘tkazishda quyidagilar taqiqlanadi:
– yoyli projektorlar, shamlar, paqildoqlar ishlatish, mushakbozlik qilish hamda yong‘inga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa yong‘inga xavli yoritish effektlar uyushtirish;
-archani selluloidli o‘yinchoqlar hamda olovdan himoya qilish tarkibi bilan ishlov berilmagan (shimdirilmagan) mato va paxta bilan bezatish;
-xonalarni belgilangan me’yordan ortiq odamlar bilan to‘ldirish.
Ushbu qoidalarga rioya etish bilan siz o‘zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni, mulkingizni yong‘indan asrab”.

Ta’lim muassasalarida, talabalar yotoqxonlaradia quyidagi chora-tadbirlarni bajarish tavsiya etiladi:
 Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha javobgar shaxni tayinlash;
 Yong‘in xavfsizligi burchagini tashkil etish;
 Yong‘inni tezkor sezuvchi va xabar beruvchi moslamalarni o‘rnatish va ularni o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish;
 Maishiy elektr moslamalaridan foydalanishni ta’kiklash;
 Qutqarish yo‘llari doimo ochiq bo‘lishini ta’sinlash;
 Ish vaqti tugashi bilan mas’ullar tomonidan sinchkovlik bilan xonalarni ko‘rib chiqib, elektr tok va asbob-uskunalarni o‘chirib qo‘yish
Talabalarga eslatma: Uydan yoki yotoqxonadan chiqishdan oldin elektr energiyasini manbalarini butunlay o‘chiring, agar o‘chirish har safar esingizdan chiqadigan bo‘lsa, o‘zingiz uchun “eslatma” yozib qo‘ying!
Tadbir so‘nggida talabalarga videoroliklar namoyish qilindi. Leytenant I.D. Kallibekov talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.