TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

Toshkent tibbiyot akademiyasida 2024 yilnig 16 aprelida o‘tkazilgan tibbiyot va farmasevtika oliygohlari talabalari o‘rtasida “Avitsenna izdoshlari” – IV xalqaro onlayn fan olimpiadasining 1-terapiya seksiyasining 2-son fakultet va gospital terapiya, nefrologiya va gemodializ kafedrasida
“Ichki kasalliklar” fani bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiadasi to‘g‘risida
2024 yilnig 16 aprelida soat 10-00 da Toshkent tibbiyot akademiyasi
prorektori Azizova F.L.. “Avitsenna izdoshlari” – IV xalqaro onlayn fan olimpiadasining tantanali ochilish marosimini kirish so‘zi bilan ochdi.So‘ngra Olimpiada Dasturiga muvofiq olimpiada ishtirokchilarini vazirliklar va chet ellik professor-o‘qituvchilar tabriklashib, fikr-mulohazalar bildirishdi.

Soat 10.50.dan kafedra bosqichi boshlandi.

Registrasi yadan o‘tgan talabalar jami-199 ta, qatnashgan talabalar- 98 ta.
Kafedra mudiri, профессор Jabbarov О.О.kafedra bosqichi ochib, olimpiada qatnashchilarining barchasiga omad va yutuqlar tiladi.

Olimpiada 3 bosqichda o‘tkazildi:
1 bosqich – Gugl formada 1 javobli testlar (25 ta test) yechish, test yechish vaqti 25 minut. 100 balli shkalada onlayn tarzda. Bu saralash testidan eng yuqori ball (96 – 80 ball) olgan 20 ta talaba keyingi bosqichga o‘tkazildi.
2- bosqich ZOOM platformasida o‘tkazildi. Vaziyatli masalalar yechimi bo‘yicha 15nafar ishtirokchi og‘zaki vaziyatli masala yechishdi ( Har bir masalaga 10 minutdan vaqt berildi . Hay’at a’zolari 100 ballik shkala bo‘yicha har bir talabani baholab borishdi. Vaziyatli masalalar yechimi bo‘yicha quyidagi natijalar ma’lum bo‘ldi: oxirgi 3-bosqichga 10 nafar talaba qo‘yildi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.