Jahon pedagogik tajribasi ochiq amaliy mashg‘ulotlarning talabalarni fanlarga qiziqtirishga, ularning mustaqil ishlashda faolliklarini oshirishga imkoniyati cheksiz ekanligini tasdiqlamoqda.
Shu maqsadda Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-son fakultet va gospital terapiya, nefrologiya va gemodializ kafedrasi katta o‘qituvchisi PhD Xodjanova Sh.I. tomonidan “YUIK. Stenokardiyalar” mavzusidagi “Ochiq ma’ruza” tibbiy profilaktika fakultetining 306-307 guruhlarida 2024 yilning 22 fevralida o‘tkazildi.
Kontingent: kafedra mudiri, t.f.d., professor Jabbarov A..A., dotsentlar:Umarova Z.F., Maksudova M.X.,Tursunova L.D.,katta o‘qituvchilar: Qodirova Sh.A., Saydaliev R.S.,Xodjanova Sh.I., assistentlar: Mirzaeva G.P., Jumanazarov S.B., Nazarova N.O., Rahmatov A.M. va tibbiy profilaktika fakultetining 306-307 guruhlari talabalari (60 ta).
Ekspert:2-son ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedrasi professori, t.f.d. Xamrayev A.A.
Ma’ruza kafedraning ma’ruzalar zalida 09.30 da boshlandi.
Patokda jami 60 ta talaba, ma’ruzada talabalarning barchasi qatnashdi. Ma’ruza kafedrada qabul qilingan “Ochiq ma’ruza o‘tkazish rejasi” va “Ma’ruza tuzilishi” tartibiga asoslangan holda o‘tkazildi.
Ma’ruza maqsadi: YUIK. Stenokardiyalarning kelib chiqish sabablari, tasnifi, klinikasi, diagnostikasi, davolash usullari va profilaktikasi va reabilitatsiya chora-tadbirlarini talabalarga yetkazish.
Ma’ruza mavzusining dolzarbligini ko‘rsatish maqsadida “YUIK. Stenokardiyalar” bo‘yicha videorolik va kompyuter taqdimoti namoyish etildi. Materialni keng yoritib berish yo‘li bilan talabalarni shu muammoga qiziqtirish, shu kasallikni tashxislash va davolashdagi oxirgi yangiliklar bilan tanishtirildi.
O‘rganilayotgan muammoning etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, kasallikning klinik kechish xususiyatlari hamda tashxislash va davolashning zamonaviy usullari dolzarbligini hozirgi zamon talabi miqyosida asoslab berildi.
Ma’ruzaning jihozlanishi
1. Ma’ruza matni.
2. Ko‘rgazma materiali (multimedia slaydlari).
3. Multimedia proyektori, kompyuterdan foydalanildi.
Ma’ruza tugagach, talabalar bilan suhbat o‘tkazildi. Talabalar ma’ruzadan ko‘p ma’lumotlar, yangiliklar olganliklarini bayon kildilar. Ma’ruza tushunarli va qiziqarli olib borilganligi ta’kidlandi.
Ochiq ma’ruzani kafedra mudiri professor Jabbarov O.O. yakunlab, Xodjanova Sh.I. ma’ruza o‘qish mobaynida o‘zining pedagogik mahoratining yuqoriligini, kreativligini namoyish etganligini e’tirof etdi. Muhokamada so‘zga chiqqan dotsent Umarova Z.F. ham ushbu mashg‘ulotning o‘tkazilishi bo‘yicha o‘z fikr-muloxazalarini bildirib, ma’ruzaning qiziqarli o‘tganligini, talabga javob berishini ta’kidlashib, ma’ruzani ijobiy baholadi.

Leave a Comment

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.