Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamkorligida universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

👥 Universitet rahbariyati tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur tibbiy ko‘rikdan asosiy maqsad professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning erta profilaktikasini amalga oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.

🇺🇿 Mazkur tashabbus muhtaram Prezidentimiz tomonidan sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda aholi salomatligini mustahkamlash borasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

👍 Ko‘rik davomida mutaxassis shifokorlar tomonidan ishtirokchilarning salomatlik holati ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.

💊 Tibbiy ko‘rik jarayonida professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan tibbiy savollar yuzasidan mutaxassislardan kerakli tavsiya va maslahatlar oldilar.

Оставить комментарий

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.