Ma’ruzachilar:
1. 2-son fakultet va gospital terapiya, nefrologiya va gemodializ kafedrasi mudiri t.f.d., dotsent Jabbarov O.O.
2. Anatomiya, klinik anatomiya kafedrasi dotsenti, t.f.d. Ahmedova S.M.
3. Klinik farmakologiya kafedrasi dotsenti, t.f.d. Po‘latova D.B.
O‘tkazilish joyi: Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatik kasalliklar shifoxonasi, 1-qavat.
Qatnashdilar: dotsentlar: Umarova Z.F., Maksudova M.X., katta o‘qituvchilar: Saydaliev R.S., Qodirova Sh.A., assistentlar: Xodjanova Sh.I., Tursunova L.D., Mirzaeva G.P., Jumanazarov S.B., Buvamuxamedova N.T., Raxmatov A.M.
Ushbu integral ma’ruzada hozirgi kundagi tibbiyotning dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan “Surunkali buyrak kasalligi” sindromining etiologiyasi, patogenezi, klinik kechishi xususiyatlari, diagnostikasi va davolashga qaratilgan bir qator masalalar ma’ruzachi professor-o‘qituvchilar tomonidan yetarli darajada talabalarga tushuntirib berildi. Integral ma’ruza o‘rnatilgan talablarga binoan kirish, asosiy va xulosa qismlaridan iborat holatda o‘tkazildi.

Ma’ruzani kirish qismini 2-son fakultet va gospital terapiya, nefrologiya va gemodializ kafedrasi mudiri t.f.d., dotsent Jabbarov O.O. ochib berdilar.

Ma’ruzaning avvalida Anatomiya, klinik anatomiya kafedrasi dotsenti t.f.d. Ahmedova S.M. “Siydik ajratish tizimi a’zolarining anatomik tuzilishi” haqida tayyorlagan qiziqarli taqdimot slaydlarini namoyish etdi va batafsil ma’lumotlarni berib o‘tdi.

Ma’ruzani 2-son fakultet va gospital terapiya, nefrologiya va gemodializ kafedrasi dotsenti, t.f.d. Jabbarov O.O. davom ettirib, Surunkali buyrak kasalligining muammo sifatida dolzarbligi bo‘yicha o‘zining tayyorlagan ko‘rgazmali taqdimot materiali asosida talabalarga yetarlicha va keng qamrovda ma’lumotlar berib o‘tdi. Ushbu kasallikning xavf omillari, patogenezi haqida talabalarga qiziqarli tarzda tushuntirib berdi.

Ma’ruzaning so‘nggida, Klinik farmakologiya kafedrasi dotsenti t.f.d. Po‘latova D.B. o‘zlarining tayyorlagan qiziqarli, ko‘rgazmali va jahon standartlariga to‘liq javob bera oladigan so‘nggi davolash ma’lumotlari bilan boyitilgan taqdimot slaydlari orqali talabalarga yetarli darajada axborot berdi.

Ma’ruza davomida va so‘nggida talabalarda mavzu bo‘yicha nazariy bilimlarni o‘zlashtirishi va mustahkamlashi maqsadida yuqoridagi ma’ruzachilar tomonidan nazorat savollari, testlar va bir qator vaziyatli masalalar muhokama qilindi, hamda, talabalarning qiziqtirgan savollariga yetarli darajada javob berildi.

Leave a Comment

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.