HURMATLI HAMKASBLAR! QADRLI DO‘STLAR!
Sizni tashkiliy qo‘mita nomidan « Ichki kasalliklar fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarning ahamiyati »
mavzusidagi Xalqaro o‘quv-uslubiy anjumanda ishtirok etishga taklif qilamiz
25-oktabr 2024y.
Toshkent, O‘zbekiston

ANJUMAN TAShKILOTChILARI:
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi
Toshkent tibbiyot akademiyasi
2-son fakultet va gospital terapiya, nefrologiya va gemodializ kafedrasi

Anjumanda barcha pedagoglar, umumiy amaliyot shifokorlari va sog‘liqni saqlash amaliyotidagi boshqa mutaxassislar, ilmiy xodimlar, ordinator xamda magistrlar ishtirok etishi mumkin.
Anjumanning o‘tkazilish formati: offline va online (aralash)
O‘tkazilish manzili: Toshkent sh., Toshkent Viloyat Somatika shifoxonasi
Anjuman rasmiy tili: o‘zbek, rus, ingliz.
Anjumanning asosiy yo‘nalishlari:
1.Zamonaviy sharoitda taʼlim sifati va uni takomillashtirish imkoniyatlari. Tibbiy va
farmatsevtika taʼlimini modernizatsiya qilish sharoitida pedagogikaning dolzarb masalalari;
2. O‘qitish zamonaviy voqelikda tibbiyot universiteti o‘qituvchisining kasbiy faoliyati sifatida;
3. Taʼlimda interfaol texnologiyalardan foydalanish va talabalarning taʼlim dasturining
rivojlanishini baholashda fikr-mulohazalar;
4. Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofaviy
taʼlim;
5. Tibbiyot universitetida zamonaviy mutaxassis tayyorlashda umumiy madaniy kompetensiyalar
va sog‘lom turmush tarziga munosabatni shakllantirish.
TEZISLARNI RASMIYLASHTIRISHGA KUYILGAN TALABLAR
Tezislarni nashr etish – bepul.
Nashr uchun tezislar 2023-yil 25-oktabrgacha qabul qilinadi.
Anjuman materiallarida chop etish uchun yuborilgan tezislar avval boshqa nashrlarda chop etilmagan bo‘lishi kerak.
Tezisning tuzilishi ishning maqsadi va vazifalarini, uni amalga oshirish materiallari va usullarini, natijalar va xulosalarni aks ettirishi kerak.
Reklama xarakteridagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan tezislar chop etish uchun qabul qilinmaydi.
Eslatma: 2023 yil 25-oktabrgacha tezislar qabul qilinadi. Iltimos nashrlarni quyidagi elektron pochta manziliga yuboring:
malika_aziz@mail.ru,
sultanboy3444@gmail.com

Ma’ruza uchun ariza topshirishning oxirgi muddati: 2023 yil 25-oktabr

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.