Tadbirni kafedra mudiri O.O.Jabbarov ochib berdi: “Konstitutsiya barcha
qonunlarimizning asosi, mamlakatimiz farovonligi, xalqimiz baxt-saodatining kafolatidir.
Istiqlol yillarida hayotimizning barcha jabhalarida keng qamrovli islohotlar olib
borilmoqda. Buning zamirida eng avvalo inson xuquq va erkinliklariga bo„lgan e‟tibor,
uning sha‟ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, inson huquqlarining eng oliy qadriyat
sifatida tan olinishi kabi hayotiy tamoyil yotadi.
Ana shu kabi g„oyalar bundan 22 yil muqaddam qabul qilingan Bosh qomusimizda
alohida mustahkamlangan.

“Chindan ham, Vatanimiz mustaqilligining yigirma ikki yilligi keng nishonlangan joriy
yilda Konstitutsiya kuni bayrami ham o„zgacha ruh va ko„tarinki kayfiyatda
nishonlanmoqda. Zotan, o„tgan yigirma ikki yil davomida davlatimizning xalqaro
maydonda o„z o„rnini topishi, barcha sohalarda keng ko„lamli islohotlarni amalga
oshirish va yuksak marralarga erishish, xalqimiz uchun hech kimdan kam bo„lmagan
farovon hayot barpo etishda asosiy qonunimiz – O„zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi mustahkam huquqiy asos bo„lib xizmat qildi. Oldimizga qo„ygan bosh
maqsadimiz – huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurish yo„lidagi
barcha sa‟y-harakatlarimiz ham konstitutsiyamizga tayangan holda olib borilmoqda.
Yangilanayotgan Konstitutsiya O„zbekiston jamiyatining evolyutsion
rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo„lib, bu ish mamlakat, millat va xalq
sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g„oyat ahamiyatli masala,
adolatli jamiyat qurish yo„lidagi ulkan qadamdir.
So„nggi olti yilda erishgan yutuqlarimizni, xususan, iqtisodiyot, inson huquqlari,
odil sudlov, so„z va e‟tiqod erkinligi, ijtimoiy himoya sohalaridagi yuzlab cheklovlarning
olib tashlangani, naqd pul, valyuta, kredit masalalaridagi muammolar hal qilingani,
qo„shnilarimiz bilan oramizdagi 25 yillik “muzlar erigani” va boshqa ijobiy harakatlar
ortga qaytmasligining konstitutsiyaviy himoyasini ta‟minlash zarur edi. Bu yutuqlar,
huquq va erkinliklardan nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlarimiz ham emin-erkin
foydalanishi uchun, ularni, albatta, Konstitutsiyada muhrlab qo„yish talab etildi.

Eng muhimi, Konstitutsiyamizda inson sha‟ni, qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida
e‟tirof etilgan.
Tadbirda so„zga chiqqanlar o„z nutqlarida tarixan qisqa davr mobaynida
Konstitutsiya o„z yuridik tarixining ko„p asrlik huquqiy an‟analari va jahon tajribasining
eng ilg„or jihatlarini, eng maqbul prinsiplarini o„zida mujassamlashtirganligiga va uni
amalda to„la namoyon etayotganligiga alohida e‟tibor qaratdilar.
Tadbirda Konstitutsiya kuniga bag„ishlangan she‟r va qo„shiqlar ijro etildi. Tadbir
barchada katta taassurot qoldirdi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.