2-son fakultet va gospital terapiya, nefrologiya va gemodializ kafedrasining “Innoweek” doirasidagi ilmiy loyihasi mavzusi “Yurak ishemik kasalligida aspiringa rezistentlik xavfini aniqlash uchun dastur”. Avtorlar: prof. Alyavi A.L., prof. Jabbarov O.O., PhD Xodjanova Sh.I. Taklif etilgan innovatsion matematik hisoblashlarga asoslangan dastur yordamida uzoq muddat aspirin qabul qiluvchi yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda vujudga keluvchi aspiringa rezistentlik hodisasini prognozlash mumkin. Bunda bemorlarda mavjud kardiovaskulyar xavf omillari ko’rsatkichlarini xisobga olgan xolda aspiringa rezistentlik xavf darajasi aniqlanadi va bemorlarga antiagregant terapiyani optimallashtirishga qaratilgan individual tavsiyalar beriladi. Bu bemorlarda vujudga keladigan yurak qon-tomir erta asoratlarni oldini olishga yordam beradi. Loyiha bo’yicha EXM-dasturga guvoxnoma olingan. Dastur Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent viloyati ixtisoslashgan somatika kasalxonasida qo’llanilib kelinmoqda.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.