Jahon pedagogik tajribasi ochiq amaliy mashg‘ulotlarning talabalarni fanlarga qiziktirishga, ularning mustakil ishlashda faolliklarini oshirishga imkoniyati cheksiz ekanligini tasdiklamokda.
Shu maqsadda Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-son fakultet va gospital terapiya,nefrologiya va gemodializ kafedrasi katta o‘qituvchisi Qodirova Shoira Abdurahmanovna tomonidan “Nefrotik sindrom”mavzusidagi “Ochiq amaliy mashg‘ulot” tibbiy pedagogika fakultetining 401-A guruhida 2023 yilning 23 noyabrida o‘tkazildi.
Kontingent: kafedra mudiri, t.f.d., professor Jabbarov A..A., dotsentlar:Umarova Z.F., Maksudova M.X.,Tursunova L.D.,katta o‘qituvchilar: Qodirova Sh.A., Saydaliev R.S.,Xodjanova Sh.I., assistentlar: Mirzaeva G.P., Jumanazarov S.B., Nazarova N.O., Rahmatov A.M. va tibbiy pedagogika fakulteti 401- “A” guruhi talabalari (10 ta),401-B, 402-A guruhlar talabalari.
Ekspert: 1-davolash fakulteti klinik modellashtirish kafedrasi dotsenti,t.f.n.Salaeva M.S.
Mashg‘ulot kafedraning ma’ruzalar zalida 8-30 da boshlandi.
Guruhda jami 10 ta talaba, amaliy mashg‘ulotda talabalarning barchasi qatnashdi. Amaliy mashg‘ulot kafedrada qabul kilingan “Ochiq amaliy mashg‘ulot o‘tkazish rejasi” va “Amaliy mashg‘ulotning tuzilishi” tartibiga asoslangan holda o‘tkazildi.
Mashg‘ulotga talabalar oldindan kafedrada tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmua bo‘yicha tayyorlanib kelishgan va berilgan dori preparatlariga retseptlar yozib kelishgan. Mashg‘ulot mavzuning dolzarbligini ko‘rsatish maqsadida “Nefrotik sindrom” bo‘yicha videorolik va kompyuter taqdimoti namoyish etildi.
Amaliy mashg‘ulot talabalar bilimining dastlabki nazorati va mashg‘ulotga tayyorgarligini og‘zaki usulda tahlil kilish bilan boshlandi. Talabalar “Nefrotik sindrom”etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, klinikasi, diagnostikasi, qiyosiy takkoslash, davolash prnsiplarini, kasallik oldini olishni yoritishda faol katnashishdi. Darsning kirish qismida zamonaviy pedagogik texnologiyaning “ tushunchalar” usulidan, anglash bosqichida esa “Kvest“va fikrlash bosqichida “Venn diagrammasi”, “Toifalash” jadvali usullaridan foydalanildi.
Mashg‘ulotning analitik kismida talabalar o‘quv xonasida “assisment” texnikasi orqali klinik-laborator tahlillar natijalarini mustakil ravishda tahlil kilishdi, olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida vaziyatli masalalar, test topshiriqlarini yechishdi Mashg‘ulot tugagach, talabalar bilan suhbat o‘tkazildi. Talabalar mashg‘ulotdan ko‘p ma’lumotlar, yangiliklar olganliklarini bayon kildilar. Mashg‘ulot tushunarli va qizikarli olib borilganligi ta’kidlandi.
Ochiq mashg‘ulotni kafedra dotsenti Umarova Z.F.. yakunlab, Qodirova Sh.A. amaliy mashg‘ulot o‘tish mobaynidao‘zining pedagogik mahoratining yuqoriligini, kreativligini namoyish etganligini e’tirof etdi.Muhokamada so‘zga chikkan assistent: Mirzaeva G.P. .ham ushbu mashg‘ulotning o‘tkazilishi bo‘yicha o‘z fikr-muloxazalarini bildirib, amaliy mashg‘ulotning qizikarli o‘tganligini, talabga javob berishini ta’kidlashib, amaliy mashg‘ulotni ijobiy baholadi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.